Arxiv
2024 2023 2022 2021 2020 2019 2018 2017 2016 2015 2014 2013 2012 2011 2010 2009 2008 2007 Arxiv
Gulnoz Yunus Sattorova
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili
Adabiyoti va Folklori Instituti 

ADABIY DO‘STLIK OBIDASI

Kalit so’zlar: adbiyot, madaniyat, adbiy aloqalar, Nizomiy, Navoiy, turkiy dunyo
Açar sözlər: ədəbiyyat, mədəniyyət, ədəbi əlaqələr, Nizami, Navoi, Türk dünyası
Key words: literature, culture, literary relations, Nizami, Navoi, Turkic world

O‘zbek va ozarbayjon xalqlari ildizlari, tarixi, madaniyatlari bir xalqlardir. Necha asrlarki bu ikki xalqning adabiy va madaniy aloqalari davom etib kelmoqda. Ozarbayjon, deganda avvalo o‘zbek xalqi ko‘z o‘ngida Nizomiy Ganjaviy gavdalanadi-yu Fuzuliy g‘azallari quloqqa chalinadi. Bu qadim va betakror adabiyotning vorislari ijodi bugun ham ikkala xalqni bevosita bog‘lab turibdi. Xalqlarimiz ko‘p asrlardan buyon do‘stu qardosh bo‘lib yashab keladi. Ayniqsa, ikki davlat mustaqillikka erishganidan keyin hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Adabiyot va san’at esa asrlar mobaynida xalqlarimiz o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘lib kelgan. O‘zbek kitobxoni bugun ozar adabiyotida dunyoga kelayotgan har bir asardan, u xoh she’riy xoh nasriy bo‘lsin xabardor. Adabiyotlarning bu qadar yaqin va mushtarakligida adabiyotshunoslikning o‘rni beqiyosdir. Ozarbayjon-o‘zbek adabiyotshunosligi borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsada, aynan bu mavzuda monografik tadqiqotlar sanoqli.   Ozarbayjon farzandi, tom ma’noda ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalari borasida ilmiy izlanishlarni boshlab bergan filologiya fanlari nomzodi G‘ulomhusayn Alievning “Ozarbayjon – O‘zbek adabiy aloqalari (1920-1960-yillar)”nomli tadqiqoti bu yo‘nalishdagi yirik monografik tadqiqotlardan biridir. Bu tadqiqot qadim o‘zbek va Ozarbayjon adabiyotlarining o‘zaro tadqiqi va tahliliga bag‘ishlangan. G‘ulomhusayn Alievning “bu tadqiqoti har ikki mamlakat olimlari tomonidan e’tirof etilgan.

MƏQALƏNİ YÜKLƏ [118,78 Kb] (yüklənib: 30)

Baxış: 653
Ünvan:
AZ1073. Bakı ş., Yasamal r-nu,
Mətbuat pr., 529-cu məhəllə
“Azərbaycan” nəşriyyatı, 6-cı mərtəbə
Tel.:    +994 12 510 63 99
Mob.: +994 50 209 59 68
           +994 55 209 59 68
© 2019 AEM
E-mail:
[email protected], [email protected]